Umumta'lim maktablarining interaktiv elektron ingliz tili darsliklari platformasi
Qidiruv, darslar, tarjima, o‘qituvchi rejimi, test va sertifikat — platformaning asosiy imkoniyatlari bilan qisqa video orqali tanishing.
Smart English — umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan Guess What! va Prepare! darsliklari asosida yaratilgan interaktiv ingliz tili platformasi. Darslikdagi har bir unit bu yerda rasmlar, asl audio va video, o‘yin shaklidagi mashqlar, test va sertifikatga ega jonli dars sahifasiga aylanadi.
Har bir o‘quvchiga ingliz tilini qiziqarli va tushunarli o‘rganish, har bir o‘qituvchiga esa zamonaviy va tayyor dars imkonini berish.
Mavzular, so‘zlar, audio va mashqlar maktab darsligi bilan bir xil — sinfdagi dars bilan uzviy bog‘langan.
Moslash, saralash, gap tuzish, tinglab yozish, chat-intervyu va bingo — har bir javobga darhol fikr beriladi.
Grammatika qoidalari, ko‘rsatmalar va tarjimalar ona tilida — o‘quvchi mustaqil ham o‘rgana oladi.
Darslik mashqlaridan tashqari, har bir unit sinfda darhol foydalanish mumkin bo‘lgan tayyor materiallar bilan to‘ldirilgan.
Har bir dars uchun 45 daqiqalik professional dars rejasi — ingliz va o‘zbek tillarida.
Unit yakunida ikki variantli test — sinfda ko‘chirishning oldi olinadi.
Darslikdan tashqari, ko‘nikmalarni mustahkamlovchi uchta yangi dars: